mini Логотип клиники DMC

Kataral stomatitning davosi (oddiy yallig‘lanish, hech qanday o‘ziga xosligi yo‘q)ni uy sharoitida oson davolasa bo‘ladi. Buning uchun og‘iz bo‘shlig‘ini antiseptik vositalar bilan chayish kifoya, masalan 1 % li ichimlik sodasi, yallig‘langan joyni asal bilan artish, oblipixa moyini paxtaga shimdirib yarani artish va achchiq, issiq yoki sovuq mahsulotlardan cheklanish kerak.

2021 10 28 16 34 05

Umuman olganda stomatitni davolash uchun stomatologlar quyidagilarni tavsiya etishadi:

  • Og‘riqsizlantiruvchi preparatlardan foydalanish – ba’zida og‘riq shunchalik kuchli bo‘ladiki, inson hatto ovqat ham iste’mol qila olmaydi. Bunday holatda: Geksoral tabletkasini so‘rish, og‘riqni qoldiradi va tarkibidagi xlorgeksidin borligi uchun antibakterial ta’sir ham ko‘rsatadi;
  • Lidokain Acept – aftoz stomatit holatlarida ham kuchli og‘riqni bartaraf etadi;
  • Yallig‘lanishga qarshi vositalar stomtitni davolash asosiy o‘rinda turadi.
  • Xolisal – yallig‘lanishga qarshi mahalliy qo‘llaniladigan gel;
  • Ingafitol – og‘izni chayish uchun, eritma ko‘rinishida bo‘ladi;
  • Kameton – sprey ko‘rinishidagi yallig‘lanishga qarshi vosita, aftoz stomatitlarda yaxshi natija beradi;
  • Achchiq tosh kukuni – yallig‘lanish jarayonini bartaraf etadi, ya’ni yarani o‘rab olib quritadi va rivojlanishini to‘xtatadi.
  • Zamburug‘ga qarshi, virusga qarshi va antigistamin preparatlar faqatgina shifokor tominidan buyuriladi. Ular aynan shu turdagi stomatitlarni davolsh maqsadida foydalaniladi. Masalan: Mikonazol (gel), Naistatin maz – faqatgina kandidoz stomatitlarda qo‘llaniladi;
  • Asiklovir, oksolin, interferon mazlari – gerpetik stomatitlarda, virusga qarshi ta’sir ko‘rsatadi;
  • Tavegil, Klartin, Loratodin – allergiyaga qarshi ta’sir etadi.

Stomatitda yallig‘lanish keltirib chiqaruvchi mikrob, virus, zamburug‘ va shu kabilar bartaraf etilgandan so‘ng, hosil bo‘lgan yaralarni bitishini tezlashtiruvchi preparatlar ham qo‘llaniladi. Masalan:

  • Karotolin – tashqi qo‘llash uchun, tarkibida A vitamin ko‘p, regeneratsiyani tezlashtiradi;
  • Propolis spreyi – epiteliyning tiklanishini tezlashtiradi, yumshatuvchi, og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi;
  • Solkoseril – to‘qimalar regeneratsiyasini kuchaytiradi.

Diqqat! Yuqorida keltirilgan dori preparatlari faqatgina tanishish maqsadida keltirib o‘tilgan. Sizda kasallik belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingiz zarur!

Menyu