mini Логотип клиники DMC
/

Revmatologiya

Revmatologiya – bu og’riq va harakatdagi qiyinchilik bilan birga keladigan bo’g’imlarning, biriktiruvchi va bo’g’imlar yonidagi yumshoq to’qimalarning shikastlanishi bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolash bilan shug’ullanadigan yo’nalish.

Sizga yaxshi revmatolog kerakmi?
DMC klinikasidagi shifokor revmatolog qabuliga yoziling va Evropa standartidagi tibbiy xizmatlarni oling.

Revmatik kasalliklar surunkali kechishi, zo’rayishi va jiddiy asoratlar bilan tavsiflanadi, bu esa umr ko’rish davomiyligini qisqartiradi va 70% hollarda nogironlikka olib keladi.

DMC klinikasida xorijiy ta’lim va ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassis revmatolog bilan o’z vaqtida uchrashish kasallikning rivojlanishi va salbiy oqibatlarini oldini olishga yordam beradi.

Esda tutingki, o’z vaqtida kasallik davolanmasa, tobora ko’proq yangi suyak va mushak to’qimalari shikastlanadi, bu harakatda qiyinchilik, hol-ahvoli va umuman hayot sifatining yomonlashishi bilan birga keladi. Kemirchak, pay va mushaklar yallig’lanishi yoki deformatsiyasi turli belgilar bilan aniqlanishi mumkin.

Agar o’zingizda kasallik belgilarini ko’rsangiz, DMCda revmatolog qabuliga kechiktirmasdan yoziling. Biz eng zamonaviy usullardan, jumladan, O’zbekistonda ilk bor – gormonal bo’lmagan, lekin genetik-muhandislik biologik dorilardan foydalanamiz!

Revmatologga tashrif buyurish sabablari:

  • bo’g’imlarda vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan va to’satdan yo’qoladigan o’tkir og’riqlar;
  • bo’g’imlarning og’rig’i, qizarishi va shishishi;
  • umurtqa pog’onasining cheklangan harakatchanligi;
  • mushaklardagi og’riq;
  • barmoqlar va oyoq barmoqlarining deformatsiyasi;
  • turli bo’g’imlarning migratsiya qiladigan og’riqlari.

DMC klinikasida revmatologik bemorlar uchun zamonaviy dori terapiyasi hujayralar va to’qimalarning yo’q qilinishini oldini olishga, og’riq va harakatlardagi qattiqlikni kamaytirishga qaratilgan. Bizda jahon tibbiyot amaliyotida o‘zini isbotlagan eng yangi maqsadli biologik va steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar, glyukokortikosteroid gormonlar va sitostatiklar qo‘llaniladi. Shuningdek, bizda dorilarni o’g’im ichiga, paravertebral (umurtqa pog’onasini o’rab turgan yumshoq to’qimalarga) va periartikulyar (bo’g’im atrofidagi to’qimalarga) yuborish imkoniyati mavjud.

NEGA DMC CLINIC?

  • xalqaro klinik ko’rsatmalarga muvofiq davolash (ACR – Amerika revmatologiya kolleji, EULAR – Revmatizmga qarshi Evropa ligasi, ARR – Rossiya revmatologlar assotsiatsiyasi);
  • kasallik va davolash prognozini har tomonlama baholash;
  • zamonaviy diagnostika asbob-uskunalari va laboratoriya;
  • yuqori darajadagi xizmat ko’rsatish va balanslangan narx siyosati.

Birlamchi diagnostikaga yozilish uchun veb-saytdagi fikr-mulohaza shaklini to’ldiring yoki +99895-475-03-03 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

Buyurtma qoldiring, va biz sizga qo’ng’iroq qilamiz

    [telegram]

    Arizani topshirish orqali siz Maxfiylik siyosatini qabul qilasiz

    bigstock At the doctor s office 12553919
    KASALLIKLAR

    Osteoporoz

    Osteoporoz – bu tanadagi suyak to’qimasini…

    Artrit

    Bo‘g‘imlardagi og’riqlar ko’pincha artrit tufayli yuzaga…
    mini Логотип клиники DMC
    DIAGNOSTIKA va DAVOLASH
    mini Логотип клиники DMC
    BIZNING MUTAXASSISLAR
    Bizga yozing va biz sizga qo’ng’iroq qilamiz

      Arizani topshirish orqali siz maxfiylik siyosatini qabul qilasiz

      [telegram]

      medical clinic
      Menyu