mini Логотип клиники DMC

Bu dardni stomatolog davolaydi.

2021 10 28 17 06 17

Gingivit kasalligini davolash choralari turi va bosqichiga qarab qo‘llaniladi.

Shifokor tish sirtida to‘plangan yumshoq va qattiq karashni olib tashlaydi.

Tishdagi to‘plangan yumshoq karashlar tozalanib, davolash har bir bemor uchun individual olib boriladi. Milk yallig‘lanishini bemor o‘z vaqtida davolamasa xastalik jiddiy asoratlar berib, parodontit, gematogen (qon orqali organizmga tarqaluvchi) infeksiyalar, infeksion endokardit (yurak xastaligi), glomerulonefrit (buyrak kasalligi) rivojlanishi mumkin.

Milk yaralardan tozalangach, to‘qimalari davolanadi. Antiseptik, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi gel va mazlar ishlatiladi. Kasallik uzoq vaqt davom etganda antibiotiklar va og‘riq qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi.

Gingivitning oldini olish uchun og‘iz gigiyenasi qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Kashandalar tamaki chekishdan voz kechishsa, bu nafaqat gingivitning, balki boshqa bir qator kasalliklar paydo bo‘lishining ham oldini oladi.

Har kuni ertalab va kechqurun ovqatlangandan so‘ng ikki mahal 2-3 daqiqa davomida tish tozalanishi zarur. Bemorga bunday holatda qanday tish chyotkasi va pastasidan foydalanish zarurligini shifokor tushintiradi.

Menyu