Qand kasalligini diagnostikasi
Kasallik belgilari sezilsa, albatta, qand kasalligi mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash kerak. Buning uchun bir nechta laboratoriya va instrumental tekshiruvlar oʻtkazilishi kerak.
Qonda glyukoza miqdorini aniqlash. 8 soatlik ochlikdan soʻng, och holatda glyukozaning qon plazmasidagi miqdori tekshiriladi.
Glyukozaga sezuvchanlik sinovi. Och holatda va ovqatdan keyin ikki soat oʻtib qondagi glyukoza miqdorini oʻzaro solishtiriladi.
Glikemik kuzatuv. Kun davomida qondagi qand miqdorini bir necha bor tahlil qilish. Davolash samarasini oʻrganish uchun qoʻllaniladi.
Siydikda glyukoza, oqsil, oq qon hujayralari mavjudligi tekshiriladi.
Siydikda atseton mavjudligini tekshiriladi.
Qonda glikolizlangan gemoglobin miqdorini aniqlanadi.
Qonning biokimyoviy tahlili.
Qandli diabet bilan kasallangan barcha bemorlar quyidagi mutaxassislar koʻrigidan oʻtishlari shart:
Endokrinolog;
Kardiolog;
Nevrolog;
Oftalmolog;
Jarroh.
Qandli diabet davosi
1-tip diabet kasalligida organizm oʻzi mustaqil insulin ishlab chiqara olmaydi. Shuning uchun qondagi qandni boshqarishda yordam berish uchun insulin qabul qilish kerak boʻladi.
Insulin 1-toifa diabetni davolashning asosiy usuli hisoblanadi. Kiritilgan insulin tana ishlab chiqara olmaydigan gormon oʻrnini bosadi.
Boshqa qoʻshimcha davolash usullari, shuningdek, taomnoma asosida toʻgʻri ovqatlanish, belgilangan jismoniy mashqlarni bajarish 1-tip diabetning alomatlarini nazorat qilishda foyda beradi.
Insulinning eng koʻp ishlatiladigan toʻrt turi mavjud. Ular qanchalik tez ishlashni boshlashlari va ularning taʼsiri qancha davom etishi bilan farqlanadi:
Tez taʼsir koʻrsatadigan insulin 15 daqiqada taʼsir eta boshlaydi va uning taʼsiri 3-4 soat davom etadi.
Qisqa taʼsirli insulin 30 minut ichida taʼsir eta boshlaydi va 6 dan 8 soatgacha davom etadi.
Oʻrta taʼsir etuvchi insulin 1 soatdan 2 soat ichida taʼsir eta boshlaydi va taʼsiri 12 dan 18 soatgacha davom etadi.
Uzoq muddatli insulin inyeksiyadan bir necha soat oʻtgach taʼsir eta boshlaydi va taʼsiri 24 soat yoki undan koʻp davom etadi.
Bemor qandli diabetning ikkinchi turini samarali boshqarishi mumkin. 2-toifa diabetni boshqarish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
Ratsioningizga klechatkaga va sogʻlom uglevodlarga boy ovqatlarni qoʻshing . Meva, sabzavot va donli mahsulotlarni isteʼmol qilish qonda glyukoza miqdorini barqaror saqlashga yordam beradi.
Faqat toʻyguncha ovqatlaning. Ortiqcha yemang!
Oʻz vazningizni meʼyorda tuting. (Vaznni nazorat qilish boʻyicha tavsiyalarimizni saytimizning “Ozish” rukni orqali oʻqib boring.)
Yuragingizni sogʻlom saqlashga yordam berish uchun har kuni taxminan yarim soatlik aerobik mashqlar qiling. Jismoniy mashqlar qon glyukozasini nazorat qilishga ham yordam beradi.
Glyukozani nazorat qilish uchun mashqlarni toʻgʻri bajarish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki qoidalarga amal qilmaslik aks taʼsir etib, qonda qand miqdorining keskin oʻzgarishiga ham sabab boʻlishi mumkin. Qandli diabet kasalligida tavsiya etiladigan mashqlar va koʻrsatmalar bilan “Qandli diabetda davolovchi mashqlar” maqolamiz orqali maʼlumot oling.
Shifokoringiz qon shakarining juda yuqori yoki juda past boʻlgan dastlabki alomatlarini qanday aniqlashni va har bir vaziyatda nima qilish kerakligini tushuntiradi. Shuningdek, ular sizga qaysi ovqatlar foydali va qaysi ovqatlar foydali emasligini bilib olishga yordam beradi.
Ikkinchi turdagi diabetga chalinganlarning hammasi ham insulindan foydalanishlari shart emas.
Doktor Maqsudova klinikasida endokrinolog bilan konsultatsiyasiga yoziling.

