Semizlikni diagnostikasi
Semizlik kuzatilgan hollarda bemorga tashxis qo‘yish uchun anamnez, irsiy moyillik, kasallik uzoq muddat davom etishi, hayot tarzi va ovqatlanish tartibi so‘raladi. Tana vazni indeksi va son, belning yog‘ qavati o‘lchanadi. Diagnozni aniqlashtirish uchun yog‘ning to‘plangan joyini va hajmini aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvi, rentgenologik densitometriya va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari psixoterapevt, diyetolog, endokrinolog maslahatlari kerak bo‘ladi.
Semizlikda kelib chiqadigan patologiyalarni quyidagicha aniqlash mumkin:
AQB (arterial qon bosimi)ni o‘lchash;
Glukozaga tolerantlikni tekshirish;
Xolesterin, triglitseridlar va lipoproteidlar miqdorini tekshirish;
Qonning biokimyoviy tekshiruvi talab etiladi.
Semizlikni davolash
Semizlikni kompleks davolash – nafaqat kosmetik jihatdan samarali, balki sog‘liqni ham hayot sifatini ham oshiradi. Muolajaning boshlanishida maxsus diyeta va jismoniy mashqlar buyuriladi. Yog‘ va uglevodga boy mahsulotlar kamaytirilib ovqatlanish kaloriyasi kamaytiriladi, bunda oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlar tavsiya etiladi. Agar bemor semizlikning so‘ngi bosqichlarida statsionar holatda davolanayotgan bo‘lsa ma’lum bir muddatga ochlik bilan davolanadi. Jismoniy mashq esa oddiy yurishdan boshlanadi, ya’ni bemorga 1 kunda kamida 10.000 qadam yurish buyuriladi. Jismoniy mashqlar mutaxassis tomonidan qat’iy belgilab beriladi. Chunki kardiozo‘riqish kuzatilishi mumkin, masalan, suzish, yugurish, velosiped haydash kabi mashqlar. Jismoniy mashqlar haftasiga 3-5 marta kuniga 30-40 daqiqa davomida olib borilishi kerak.
Semizlikka qarshi kurashishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish katta ahamiyat kasb etadi. Vaqt o‘tishi bilan bunday hayot tarzi odat tusiga kirib qoladi va qayta semirmaslikka asos bo‘la oladi.
Ayrim insonlar semizlikdan qutulgandan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanmaslik va kamharakatlilikka qaytib qolishadi, ularda semizlik tezlik bilan oson yuzaga keladi.
Kerakli holatlarda shifokor dori preparatlari buyuradi. Bunday preparatlar qat’iy ravishda individual tavsiya qilinadi, lekin ularning ta’sir qilish effekti barchasida bir xil. Ularning dozasi diyeta va jismoniy mashqlardan kelib chiqib birgalikda belgilanadi.
Medikamentoz davo amfetamin preparatlari bilan olib boriladi, ularning ta’sir effekti och qolish hissini chaqirmaslikdir. Ammo bunday dorilar nojo‘ya ta’sirlarga ham ega uyquning buzilishi, allergik reaksiyalar, qayt qilish va boshqalar. Ayrim hollarda antidepressantlar ham yaxshi samara berishi mumkin.
Psixoemotsional holatlarni bartaraf etish uchun esa psixoterapiya buyuriladi. Semizlikning og‘ir ko‘rinishlarida xirurgik muolaja yordam beradi. Bunday operatsiyalarga oshqozonni bandajlash, vertikal gastroplastika, oshqozonni shuntlash kiradi. Kosmetik ko‘rinishni yaxshilash uchun liposaksiya – mahalliy yog‘larni yo‘qotish amaliyoti bajariladi.
Semizlikni oldini olish
Barcha kasalliklar kabi semizlikni ham davolagandan ko‘ra oldini olgan yaxshiroq. Semizlik profilaktikasi o‘z ichiga muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya etish, ovqat ratsioni tarkibida kletchatka va vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi talab etiladi.
Semizlik bilan kurashish – uzoq muddat, sabr va iroda talab etadigan jarayondir. Ko‘pchilik semizlikka qarshi kurashishda erta taslim bo‘lishadi, bunday vaqtda yaqinlar ko‘magi va shifokorlar maslahati katta ahamiyat kasb etadi, to‘gri tanlangan muolaja va choralar bemor odamga yordam berib o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Vaqt o‘tishi bilan inson sog‘lom turmush tarziga o‘rganib qoladi va bu odat tusiga aylandi. Doimo sog‘ bo‘ling!
Doktor Maqsudova klinikasida endokrinolog konsultatsiyasiga yoziling.

