Dolzarbligi. Skolioz – bu mushak-skelet tizimining kasalligi, umurtqa oralig’i disklar, bog’lov apparati va atrofidagi mushaklarning qaytmas degenerativ o’zgarishlari bilan kechib, uning asosiy alomati bu – umurtqa pog’onasi deformatsiyasi hosil bo’lishidir. Skoliozning og’ir shakllari tananing ichki organlarining vazifalarini va tanada yaqqol kosmetik nuqsonlariga olib keladi.
Elektromiogramma bo’yicha biologik qaytar a’loqa(QBA) usuli so’nggi yillarda tibbiy reabilitatsiya qilishda keng tarqalgan bo’lib, yangi imkoniyatlarni ochib berdi va mushaklarning funksional holatini hissiy ahamiyatli to’lqinlarning teskari a’loqasi (nurli, ovozli, o’yinli) yordamida doimiy nazorat, skolioz va qomatning to’g’irlash samaradorligini sezilarli ko’tardi.

Skoliozni davolash dasturning maqsadi:
Umurtqa pog’onasini korsetini shakllantiruvchi mushaklarning funksional holatini tiklash. Umurtqa pog’onasini tutib turuvchi orqa mushaklarni elektromiografik bioboshqaruv usulida kuchaytirish yukning aniq dozasini va skoliozni davolashning patogenetik yo’nalishini ta’minlaydi.
Davolash turlari:
- Elektromiografik bioboshqaruv- QBA terapiya
- Fizioterapiya – HiToP – Yuqori tonli terapiya (Germaniya), Ultratovush terapiyasi (Niderlandiya).
- Terapevtik gimnastika
- Bubnovskiy usuliga ko’ra kineziterapiya
- Massaj
Dasturning samaradorligi:
- orqa mushaklarini mustahkamlash;
- mushaklarni sezuvchanligini tiklash;
- umurtqa pog’onasini tutib turuvchi mushaklarning qisqarish qobiliyatini va kuchini oshirish;
- o’tirgan va tik turgan holatlarda umurtqa pog’onasida og’riq va charchoqni kamaytirish;
- o’tirigan va tik turgan holatlarda boshlan’g’ich qomatni to’g’ri o’rgatish;
- EMG nazorati ostida orqa uchun maxsus mashq qilishni o’rgatish;
- Orqa mushaklarining chidamliligini rivojlantirish.
Terapevtik dasturning davomiyligi 25 kun
Tekshiruv va davolash rejasi individual ravishda shifokor tomonidan tuziladi, o’zgarishlar va to’g’irlashlar bo’lishi mumkin. I-II darajali skoliozda yangi elektromiografik bioboshqaruv usuli skoliotik deformatsiyalarning rivojlanishini o’sishini kamaytiradi, umurtqa pog’onasi mushaklarini kuchaytirish va reabilitatsiya muddatini kamaytirishga yordam beradi. Uslubning samaradorligi 85% ga etadi!






