Miya va orqa-miya shikastlanishi travmotologiya, neyroxirurgiya, nevrologiya va imuman tibbiyotning zng dolzarb muommolardan biri boʼlib qolmoqda. Bu bir qator sabablarga bogʼliq – jaroxatlarning yuqori chastotasi, oʼlim, nogironlikning va asoratlarning yuqori darajasi, shunindek eng faol yoshdagi odamlar orasida keng tarqalishi, bu esa ijtimoiy omilga taʼsir qiladi.

Har yili dunyoda 1,5 million kishi miya shikastlanishidan vafot etadi, 2,4 million kishi esa nogiron boʼlib qoladi. Miya va orqa-miya shikastlanish ogʼir asab kasalliklarini keltiradi (falaj, taz organlari faoliyatining buzilishi va boshqalar), bu esa oʼz-oʼzini parvarish qilish, harakatlanishni cheklaydi, ijtimoiy va psixologik holatini buzadi.

Bu yoki boshqa shikast olgan odamlarning koʼplari umrbod nogiron boʼlib qolmoqda. Аynan shu bemorlar yetarli, kompleksli va doimiy reabilitatsiyaga muhtojdir. Bunday bemorlarning reabilitatsiya qilish yoqolgan funktsiyalarni takomillatirish va rivojlantirishga, ayrim funktsiyalar defitsitiga moslashishga, uni boshqa usullar bilan qoplanishi oʼrganishga va bemorning psixologik va ijtimoiy moslashuvigayordam beradi. Faqat oʼz vaqtida boshlangan koʼp yonalishli reabilitatsiya bemorni iloji boricha tiklashga qodirligini bilish va esda tutish lozim.

Shikastlanishni reabilitatsiyaning maqsadlari:
– hayotning barcha sohalarida bemorning funktsiyalarini tiklash (tibbiy, ijtimoiy, eiotsional, kasbiy reabilitatsiya),
– ogʼriq hissiyotlarini kamaytirish,
– bemorning kundalik hayotida zarur boʼlgan optimal funktsiyalarini tiklash,
– jaroxatlar asoratlarini oldini olish.

Doktor Maksudova klinikasida jaroxatlardan keyngi reabilitatsiya koʼp tarmoqli gurux tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu guruxning har bir aʼzosi bemorni maksimal darajada kompleksli, xavsiz, samarali va qulay tiklanishini taʼminlash uchun oʼz vazifasini bajaradi.

Klinikaga kelgan bemor albatta zarur tekshiruvdan oʼtadi, kerakli mutaxassislar bilan maslahatlashadi – reabilitatsiya tadbirlari hajmiushbu bemor uchun maxsus davolash, reabilitatsiya usullariga koʼrsatmalar va mumkin boʼlmagan xolatlar hisobga olgan holda aniqlanadi. Shu bilan birgalikda bemorning dastlabki klinik holati aniqlanadi (disfunktsiya darajasi aniqlanadi), unga koʼra davolash choralarining individual dasturi yaratiladi. Kurs oxirida reabilitatsiya samarasini baholash uchun bemorning klinik holati qayta tahlil qilinadi.

Reabilitatsiya jarayonida bemorni uyda parvarish qilayotgan uning qarindoshlari bilan ish olib boriladi. Mutaxassislar ularga uy sharoitida reabilitatsiyani qanday qilib toʼgʼri davom yetirishini (va qay darajada) oʼrgatiladilar, chunki reabilitatsiya davomiy va xar tamonlama boʼlishi kerak.

Bizning maqsadimiz – bemorga kasallikka qarshi kurashishda yordam berish va unga toʼliq yashash istagini va imkoniyatini qaytarishdir!

Oliy toifali kinesiterapevt
Menyu