mini Логотип клиники DMC

Og‘iz bo‘shlig‘I shilliq qavatining yallig‘lanishi tibbiyotda – stomatit deb nomlanadi.

Ko‘p hollarda kasallik bolalarda uchraydi, lekin hozirgi kunga kelib, bu muammo bilan kattalar ham uchrashmoqda.

img 16075579373544 1 1024x576 1

Stomatit sabablari

  • Turli xil patogen qo‘zg‘atuvchilar – bakteriyalar va viruslar. Albatta, og‘iz bo‘shlig‘I bakteriyalar mikroflorasi har bir insonda bo‘ladi, ammo ularning rivojlanib ketishi uchun qulay sharoit yaratib berilsa, og‘iz bo‘shlig‘I shilliq qavatini yallig‘lab qo‘yishi mumkin.
  • Ovqatlanish tarkibining buzilishi — Ko‘pincha stomatit ba’zi moddalar organizmga yetishmaganda ham kelib chiqishi mumkin, vitamin B, kaliy, fosfor, temir va rux kabi.
  • Shilliq qavat mexanik jarohatlanishi — Bemorlar ko‘pincha stomatit kelib chiqishida turli xil mexanik ta’sirlar bo‘lganini aytishadi, masalan kuyishlarda yoki jarohatlarda, juda achchiq va o‘tkir mahsulotlar iste’mol qilganda, qaynoq suv ichib yuborganda, tishlarning o‘tkir qismlari ta’sirida.

Stomatit kelib chiqish xavfini oshiruvchi omillar

  • Oziq ovqat mahsulotlarini iste’mol qilayotganda gigiyenaga rioya qilmaslik – meva sabzavotlarni, qo‘llarni yuvmay iste’mol qilish, tishlarni muntazam yuvmaslik;
  • Doimiy tishlarni yuvishda natriy sulfat moddasini o‘zida ko‘p saqlovchi tish pastalaridan foydalanganda. Bu modda so‘lak ajralishini kamaytirib yuboradi va shilliq qavat quruq, shikastlanishga moyil bo‘lib qoladi;
  • Siydik haydovchi preparatlarni qabul qilganda ham so‘lak ajralishi kamayadi;
  • Sun’iy tishlar qo‘yilganda – ularning sifatsiz materialdan ishlangani yoki o‘lchamlarining noto‘g‘ri tanlanganligida;
  • Spirtli ichimliklar ichish va tamaki mahsulotlarini chekish – bu moddalar og‘iz shilliq qavatida yaralar paydo qiladi, u yerda bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay sharoit kelib chiqadi.

E’tibor bering: stomatit turli xildagi umumiy organizm kasalliklari natijasida ham kelib chiqishi mumkin, masalan: LOR-a’zolarining onkologik kasalliklari, organizmning suvsizlanishi (ko‘p marotaba qayt qilish va ich ketishi natijasida), gormonal o‘zgarishlarda, ayniqsa menopauza, klimaks davrlarida, oshqozon ichak tizimi kasalliklari – kolit, gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida stomatit kelib chiqishi ko‘p kuzatiladi.

Menyu