mini Логотип клиники DMC

Tish kariyesi – tish qattiq toʻqimasining deminerilatsiyasi va yemirilishi boʻlib, bunda tishda boʻshliq hosil boʻladi.

2021 10 28 14 27 35

Tishning emal qavatida pigmentli sargʻish-jigarrang dogʻ​, ogʻizdan keladigan noxush hid, shirin, shoʻr, achchiq, sovuq yoki issiq mahsulotlar isteʼmol qilganda ogʻriq boʻlishi bilan kechadi.

Kariyesning chuqurlashuvi natijasida kista, pulpit, keyinchalik peridontit rivojlanishi mumkin. Kariyesni oʻz vaqtida davolamaslik tishdan ayrilishga sabab boʻladi. Bundan tashqari kariyes oʻtkir yoki surunkali kasalliklar xuruj qilishiga sabab boʻladi.

Tish kariyesi – tishning qattiq emal qavati, suyak qavatining ditrofik yoki infeksion omil taʼsirida butunligining buzilishi, yemirilishidir.

Kariyes sabablari

Kasallik aholi orasida juda keng tarqalgan patologiyalardan biri hisoblanadi. JSST statistikasiga koʻra kariyes turli mamlakatlarda va turli irqlar orasida 80 % dan 98 % gacha insonlarda uchraydi. Soʻngi ikki yil davomida kasallik bolalar orasida keng tarqalib bormoqda, ayniqsa iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi aholida kariyes kasalligininig turli xil darajada uchrashi kuzatilgan.

Tish kariyesi mustaqil kasallik hisoblanmaydi, bu patologiya organizmda umumiy oʻzgarishlar natijasida kelib chiqadi. Masalan, mahalliy va umumiy immunitetning pasayishi, oshqozon-ichak tizimidagi oʻzgarishlar kariyes shakllanishida muhim rol oʻynaydi.

Ogʻiz boʻshligʻi shaxsiy gigiyenasiga amal qilinmagan holatda tish emalida qoplama hosil boʻladi va bu qoplama kariyesga olib keladi.

Tish blyashkalarida yashovchi bakteriyalar sut kislotasi ishlab chiqaradi va bu mahsulot tish emal demineralizatsiyasiga sabab boʻladi. Tish emali demineralizatsiyasi – bu kariyes boshlanishining birinchi bosqichi hisoblanadi. Streptokokklar tomonidan saxaroza dekstran deb nomlanuvchi polisaxaridaga aylanadi, dekstran esa tish emali yemirilishini tezlashtiradi. Aynan mana shuning uchun koʻp shirinlik isteʼmol qiluvchi insonlarda kariyes tezroq rivojlanadi.

Ishlab chiqarish sanoati rivojlangan mintaqalar, ekologik sharoiti salbiy boʻlgan hududlar, ichimlik suvining ifloslanganligi inson organizmi umumiy himoya funksiyasi pasayishiga sabab boʻladi. Bunday sharoitda yashovchi insonlarda ham kariyes uchrash chastotasi yuqori.

Tish kariyesi klinik belgilari

Tishning qattiq qismi zararlanish chuqurligiga qarab kariyesning 4 xil shakli farqlanadi.

  • Karioz dogʻ bosqichida tish emal qavati rangi xiralashadi. Tish qattiq qavatida yemirilishlar yoʻq. Bu bosqichda qattiq qavatda hech qanday oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Baʼzida dogʻ oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishi ham mumkin, buning sababi toʻliq oʻrganilmagan.
  • Yuza kariyes — tish emal qavatida toʻq rangli dogʻ paydo boʻladi, instrumental tekshiruvda aniqlash mumkin. Baʼzida bu bosqicha tish emal qavatining barcha sohalarida yemirilish jarayoni boshlanganligini koʻrish mumkin. Ammo, bu oʻzgarishlar faqatgina emal qavatning oʻzidagina kuzatiladi.
  • Oʻrta darajadagi kariyes – tish emal va dentit qavati zararlanishi.
  • Chuqur kariyes – tishning barcha toʻqimalarining zararlanishi, tish butunligining toʻliq buzilishi hisoblanadi.

Odatda bemorlar tish kariyesga uchragan sohalarida ogʻriqqa, ogʻriqning shirin, achchiq, issiq yoki sovuq mahsulotlar tekkan vaqtda kuchayishiga shikoyat qiladilar. Ogʻriq kelib chiqishiga olib keluvchi omil taʼsiri toʻxtatilsa ogʻriq ham sezilmaydi. Odatiy holda tish kariyesi ogʻriq hissini chaqirmaydi.

Kariyesning oʻtkir kechuvida bir necha tishlar zararlanadi, ularning tashqi qavati toʻq kulrang qoplama bilan qoplanadi, tishlar yumshab qoladi, ogʻriq sindromi kuchli namoyon boʻladi. Bu kabi belgilar bir emas bir necha tishlarda namoyon boʻladi.

Kariyesning surunkali kechuvida tish zararlangan sohalari pigmentatsiyasi, zichlashuvi va tish chegaralarining oʻzgarishi kuzatiladi. Jarayon sekin astalik bilan kuchayib boradi, kasallikni davolamaslik pulpit va peridontit bilan asoratlanadi, bu esa tishning toʻliq tushib ketishi yoki toʻliq olib tashlashga toʻ​gʻri keladigan holatda boʻladi.

Menyu