mini Логотип клиники DMC

Arterial gipertenziya va gipertoniya kasalligi.

Arterial gipertenziya, gipertoniya, yuqori qon bosimi – yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishida eng muhim rol oʻynaydigan omil hisoblanadi, bu kabi asoratlardan eng xavflisi infarkt va insultdir. Koʻpchilik yoshi katta insonlar bu muammodan aziyat chekadilar, ammo hozirgi kunda arterial qon bosimning yuqori boʻlishi oʻrta yoshdagi va yosh insonlarda ham uchrab turibdi. Tanometr koʻrsatkichi qachon xavfli hisoblanadi? Gipertonik kriz vaqtida birinchi yordam qanday koʻrsatiladi? Yuqori qon bosimi kasallikning erta bosqichlarida qanday chora tadbirlar qoʻllash kerak? Ushbu maqola orqali bu haqida maʼlumot berib oʻtamiz.

Qon bosimi oshishi sabablari
Katta yoshdagi odam qon bosimi normal koʻrsatkichi – sistolik (yuqori koʻrsatkich) bosim 120 mm.Hg ustuni va diastolik (past koʻrsatkich) bosim 80 mm.Hg ustuniga teng boʻlishidir. Birinchi koʻrsatkich yurak qisqargan vaqtida paydo boʻladi, ikkinchi bosim esa yurak boʻshashganda. Albatta, bu koʻrsatkichlar nisbiy oʻrtacha qilib olingan, har bir organizmning oʻzi uchun normal qon bosimi bor. Gipertoniya deganda qon bosimining 140 mm.Hg ustunidan yuqori boʻlgan holatlar tushuniladi, diastolik koʻrsatkich esa 90 mm.Hg ustunidan yuqori boʻlishi. Bu koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan qon bosim maxsus davo chora tadbirlarini talab etadi. Agar arterial qon bosimi 180 ga 110 koʻrsatkichlarda boʻlsa va undan ham ortsa, zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur.

90 % holatlarda gipertoniya sababini aniqlashning imkoni boʻlmaydi. Bunday holat birlamchi gipertenziya deb ataladi. Ikkilamchi gipertenziya (10 %) boshqa biror bir kasallik oqibati yoki asorati sifatida namoyon boʻladi. Bu kabi kasalliklarga quyidagilar kirishi mumkin:
Ateroskleroz;
Buyrak va buyrak usti bezi kasalliklari
Qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi.

Birlamchi gipertenziya turli xil omillar taʼsirida yuzaga chiqadi. Bu kabi faktorlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Nasliy omil;
Ortiqcha tana vazni;
Stress va zoʻriqish;
Spirtli ichimliklar ichish, tamaki mahsulotlarini chekish, kofe va boshqa energetik ichimliklar koʻp qabul qilish;
Notoʻgʻri ovqatlanish tartibi.

Gipertonik kriz simptomlari va birinchi yordam koʻrsatish
Gipertoniya odatda belgilarsiz kechadi, organizmda kechayotgan patologik holatni inson avvaliga sezmaydi. Oʻz vaqtida chora koʻrmaslik keyinchalik jiddiy oqibatlarga olib keladi, masalan gipertonik kriz va boshqa jiddiy asoratlar.

Gipertonik kriz – qon bosimining birdan koʻtarilishi va qon bosimi koʻrsatkichlarining kritik shkalalardan oʻtib ketishi koʻpincha quyidagi simptomlar bilan namoyon boʻladi:

Nafas olishning qiyinlashuvi;
Koʻkrak sohasidagi ogʻriq, taxikardiya;
Kuchli bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi;
Koʻrish bilan bogʻliq muammolar, koʻz ichi qizarishi, koʻz ichki bosimining ortishi;
Koʻngil aynishi va qayt qilish;
Teri qoplamalarining qizarishi va haroratning biroz oshishi;
Tananing ayrim sohalari yoki qoʻl va oyoqlarning oqarishi.
Yuqorida keltirib oʻtilgan belgilar boshqa kasalliklarda ham yuzaga chiqishi mumkin, shu sababli simptomlar paydo boʻlishi bilanoq qon bosimini oʻlchash kerak, agar koʻrsatkichlar kritik darajada boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur.

Shifokor kelguniga qadar quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilishi kerak:

Bemorni qulay joyga joylashtirish, tananing yuqori qismini biroz koʻtarish (har qanday jismoniy harakatdan cheklash, bemorni qimirlatmaslik);
Bemorni kiyimlarni boʻshatish, yaʼni boʻyin tugmalari yechiladi, kamarlar boʻshatiladi;
Toza havo kirishini taʼminlash uchun oyna va fortochkalar ochiladi.
Agar bemorga qon bosimini tushiruvchi preparatlar avvaldan yozib berilgan boʻlsa, rejimdan tashqari qabul qilish. Tez yordam sifatida Nifedipin yoki Kaptopril tabletkalaridan bir donasini til ostiga soʻrish uchun berish mumkin (Shifokor tavsiyasiga koʻ​ra). Koʻkrak va koʻkrak orti sohasida ogʻriq boʻlsa, Nitroglitserin tabletkasidan berish;
Sedativ vositalardan berish ham yaxshi samara beradi (Korvalol, Valokordin) – ular bemorni tinchlantiradi va umumiy ahvolini yaxshilaydi;
Iliq muolajalar (xantallar, grelkalarni oyoqqa qoʻyish) ham qon bosimini biroz tushiradi.

Doktor Maqsudova klinikasida gipertenziyani xalqaro standartlarga muvofiq davolash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Bizning kardiolog
Menyu