mini Логотип клиники DMC

Arterial gipertenziyani davolash va profilaktikasi

Ikkilamchi gipertoniyada asosiy kasallikni davolash oʻz-oʻzidan arterial qon bosimi oshishini ham bartaraf etadi. Boshqa holatlarda arterial gipertenziyaning boshlangʻich davrlarida va kasallik profilaktikasida hayot tarzi, kun tartibi, odatlar va ovqatlanish tartibini oʻzgartirish kerak boʻladi. Bu maqsadda mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni beradilar:

Qon bosimini tushirishning eng samarali usuli tana vaznini meʼyorga keltirishdir. Buning yoʻli oson: kamroq va toʻ​gʻ​ri ovqatlanish, ayniqsa yogʻli qovurilgan, shirin, dudlangan mahsulotlar isteʼmolini kamaytirish va koʻproq aktiv harakatda boʻlish;

Stress – arterial qon bosimi oshishiga olib keluvchi eng salbiy holat. Stress vaqtida ajralib chiqadigan gormonlar qon tomirlarni toraytiradi va qon bosimi oshishiga sabab boʻladi. Shu sababli stress holatlariga tushmaslikka harakat qilish kerak, shunchaki oʻzingizni xotirjam saqlang;

Ishdagi charchoqlar va doimiy zoʻriqib yashash – bu ham stressning bir koʻrinishi, hattoki bir martalik stress holatidan ham koʻra xavfliroq. Ilmiy izlanishlar koʻrsatishicha bir hafta davomida 41 soatdan koʻp ishlash gipertonik kasalliklar rivojlanish xavfini 15 % ga oshiradi;

Uyqu – organizm sogʻligʻi uchun eng kerakli fiziologik holat. Gipertonik kasallikning boshlangʻich davrlarida uyqu soatini uzaytirish qon bosimini meʼyorga kelishiga sabab boʻladi;

Jismoniy harakatlar – gipertonik kasallik profilaktikasida samarali usul hisoblanadi. 30 daqiqa davomida yurib sayr qilish qon bosimini 8 mm.Hg ustuniga pasaytiradi. Bundan tashqari, har qanday sport turi bilan shugʻullanish, har qanday jismoniy harakatlar ham organizm uchun foydali;

Tuz koʻp isteʼmol qilish qon bosimi oshishiga olib keladi. Ovqatlanish ratsionidan tuzni oz miqdorda kamaytirish ham arterial qon bosimi pasayishiga olib keladi. Organizm kunlik qabul qilinishi kerak boʻlgan tuz miqdori 1,5-2 gr.dan oshmasligi kerak;

Qon bosimini tushiruvchi ayrim mahsulotlar ham bor. Bularga meva va sabzavotlar kiradi, ayniqsa tarkibida kaliy va magniy mikroelementlari koʻp saqlovchi turlari. Bu kabi mevalarga kartoshka, lavlagi, pomidor, dukkakli mahsulotlar, banan, apelsin, kivi, uzum va anjir kiradi. Bundan tashqari, qon bosimini tushirishda boyarshnik, imbir, kurkuma, sarimsoq piyoz, zaytun moyi va yongʻoq ham muhim ahamiyatga ega.

Bizning kardiolog
Menyu