Аholida nogironlik sabablari orasida insulьt birinchi oʼrinda turadi.
Insultdan soʼng uchinchi yilning oxirigacha omon kolgan bemorlardan taxminan yarimi oʼz hayot sifatidan maʼlum darajada norozi.
Insult bilan kasallanganlarni reabilitatsiya qilish global muammo hisoblanadi. Insult boshidan kechirgan odam toʼsatdan qoʼlini yoki oyogʼini boshqarish qobiliyatini yoqatadi, nutqi yomonlashadi, oʼzi ovqatlanolmaydi, icholmaydi, xarakatlanolmaydi. U oʼz kasbiga qaytolmaydi va ishini yoqatadi. Shuning uchun bemorda depressiya boshlanadi va kuchayadi, umidsizlik hissi paydo boʼladi. Bunday bemorni tiklash va reabilitatsiya qilish muhim tibbiy-ijtimoiy vazifadir.

Turli mamlakatlarning insult registrlariga koʼra insultdan keyin bemorlaning:
– taxminan 40 foizi doimiy parvarishga muxtoj;
– 20 foizi – oʼzi yurolmaydi;
– va faqat 20-25 foizi avvalgi ishlariga qaytishi mumkin.
Reabilitatsiya vazifasi ushbu 60% bemorlarni avvalgi hayotiga qaytarish yoki ularning holati va yoqolgan funktsiyalarini hisobga olganda jismoniy va ijtimoiy jihatdan kundalik hayotga moslashtirishdir.
Insult nafaqat bemorning oʼziga, balki uning oila aʼzolariga, qarindoshlariga va uni parvarish qilayotgan yaqinlariga ogʼir yuk boʼlib tushadi. Shuning uchun yetarli va oʼz vaqtida koʼrsatadigan va kompleksli reabilitatsiya bemorga kasallik tufayli yoqotilgan baʼzi funktsiyalarini tezda tiklashga yoki paydo boʼlgan nuqsonlarni minimallashtirishga va uzining holatiga moslashtirishga yordam beradi.
Insultni oʼrganish bilan shugullanadigan dunyodagi yetakchi tashkilotlarning tavsiyalariga koʼra, insultdan keyingi reabilitatsiya koʼp tarmoqli gurux tomonidan amalga oshirishi kerak.
Insultdan keyingi reabilitatsiya maqsadlari:
– harakatlarni maksimal darajada tiklanishi,
– yurishni yaxshilash,
– nutqni tiklash va yaxshilash,
– oʼz-oʼziga xizmat kursatishni oʼrgatish,
– ijtimoiy va psixologik moslashuv,
– takroriy insult va uning asoratlarini oldini olish,
– umr koʼrish davomiyligini oshirish,
– hayot sifatini yaxshilash,
– oila aʼzolarini oʼqitish va ularni psixologik qoʼllab-quvvatlash.
Doktor Maksudova klinikasida insultdan keyngi reabilitatsiya koʼp tarmoqli gurux tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu guruxning har bir aʼzosi insultdan keyingi bemorni maksimal darajada kompleksli, xavsiz, samarali va qulay tiklanishini taʼminlash uchun oʼz vazifasini bajaradi.
Klinikaga kelgan bemor albatta zarur tekshiruvdan oʼtadi, kerakli mutaxassislar bilan maslahatlashadi – reabilitatsiya tadbirlari hajmiushbu bemor uchun maxsus davolash, reabilitatsiya usullariga koʼrsatmalar va mumkin boʼlmagan xolatlar hisobga olgan holda aniqlanadi. Shu bilan birgalikda bemorning dastlabki klinik holati aniqlanadi (disfunktsiya darajasi aniqlanadi), unga koʼra davolash choralarining individual dasturi yaratiladi. Kurs oxirida reabilitatsiya samarasini baholash uchun bemorning klinik holati qayta tahlil qilinadi.
Reabilitatsiya jarayonida bemorni uyda parvarish qilayotgan uning qarindoshlari bilan ish olib boriladi. Mutaxassislar ularga uy sharoitida reabilitatsiyani qanday qilib toʼgʼri davom yetirishini (va qay darajada) oʼrgatiladilar, chunki reabilitatsiya davomiy va xar tamonlama boʼlishi kerak.
Bizning maqsadimiz – bemorga kasallikka qarshi kurashishda yordam berish va unga toʼliq yashash istagini va imkoniyatini qaytarishdir!






