Semizlik – organizmda yog‘larning ortiqcha to‘planishi.
Bu patologiya normadagi tana vaznidan 20% ga va undan ko‘pga oshishi bilan yuzaga chiqadi. Bunda bemor inson nafaqat psixologik jihatdan, balki ichki organlarda bo‘ladigan patologiyalardan ham aziyat chekadi. Hozirgi kunda semizlik dunyo bo‘ylab epidemiya ko‘rinishida tarqalgan, chunki inson har qanday yoshda ham semizlik bilan to‘qnash keladi. Bu kasallikni davolash o‘z ichiga jismoniy aktivlik, diyetaga rioya qilish, dori preparatlar qabul qilish va psixoemotsional holatlarni korreksiya qilish yo‘li bilan olib boriladi.
Yog‘ to‘qimalarining asosiy funksiyalari quyidagilardir:
Energetik zaxira.
Suv almashinuvida va zaharli moddalarni passiv zararsizlantirishda ishtirok etadi.
Mexanik himoya.
Yog‘ to‘qimalarida A, D, E, K vitaminlari eriydi va to‘planadi.
Endokrin funksiyasi (leptin va esterogen gormonlarining sintezlash).
Leptin – bu gormon ovqatlanish oralig‘idagi vaqtni boshqarishi aniqlandi. Masalan leptin gormoni miqdorining kamayishi ochlik hissini chaqiradi, ammo uning ta’siri natijasida semiz odam ozishi uchun foyda bermaydi. Shusiz ham semiz insonlar qonida bu gormon miqdori katta hajmda bo‘ladi.
Esterogen – yog‘ to‘qimalari o‘zida P450 aromataz fermentini saqlaydi, bu ferment erkaklik gormonini ushlab qolib ayollar gormoni esterogenga aylantiradi. Inson yoshi o‘tgan sari va u semiz bo‘lsa bu jarayon kechishi tezlashadi.
Semizlik tipi va darajalari

Yog‘larning to‘planish joyiga ko‘ra quyidagicha tasniflashadi:
Son-dumba tipi – ko‘proq ayollarda uchraydi, son va dumba sohalarida yog‘ to‘planadi;
Abdominal tip – erkaklar jinsida ko‘p uchraydi, asosan qorin sohasida yog‘ ko‘p to‘planadi;
Kombinirlangan tip – yog‘ butun tana bo‘ylab bir xilda to‘plangan bo‘ladi.
Semizlik doimiy rivojlanib borishi yoki stabil holatda saqlanishi mumkin. Agar kasallik kelib chiqish mexanizmi tomonlama qaralsa birlamchi, ikkilamchi va endokrin tiplariga bo‘linadi.
Birlamchi – alimentar (ovqatlanish) yoki ekzogen faktorlar natijasida;
Ikkilamchi – ko‘pincha irsiy moyillik natijasida va ayrim bosh miya patologiyalarida kelib chiqadi. Bunday tipni simptomatik deb atasa ham bo‘ladi;
Endokrin – qandaydir ichki sekretsiya bezining funksiyasi buzilishi natijasida semizlik kelib chiqishi.
Yuqoridagi barcha holatlarda bemorda gipodinamiya (kam harakatlilik) holati kuzatiladi.
Doktor Maqsudova klinikasida semizlik alomatlaridan xalos bo'lishga yordam beradigan yuqori malakali shifokorlar ishlaydi.

