mini Логотип клиники DMC

Аmbliopiya – yalqov koʼz– bu koʼz toʼqimasidagi organik oʼzgarishlarsiz koʼrish oʼtkirligini pasayishidir. Bu kasallikning oʼziga xosligi shundaki, koʼrish oʼtkirligini linza va optik koʼzoynaklar yordamida tiklab boʼlmaydi.

2023 08 15 17 39 02

Sogʼlom inson binokulyar koʼradi. Binokulyar degani ikki koʼz koʼradigan «rasm” bosh miyada bir umumiy «xajmli rasm” shaklida ifodalanishidir. Аmbliopiya rivojlanishida bir tomondagi koʼz koʼrish oʼtkirligi pasayadi va inson miyasida xosil boʼladigan «yagona rasm” buziladi. Shuning uchun miya faqatgina sogʼlom koʼzning «rasm”ini oladi, xamda kasal koʼzning faoliyati borgan sari pasayadi.

Аmbliopiyaning sabablari va turlari:

  • Gʼilaylik – eng koʼp sabablardan biridir. Gʼilay koʼz odatda koʼrishda ishtirok etmaydi va ambliopiya kelib chiqishiga sabab boʼladi. Bu tur disbinokulyar ambliopiya deyiladi.
  • Yaqindan va uzoqdan koʼrish buzilishi yuqori darajalari xamda astigmatizmda kelib chiqadigan ambliopiya. Bu tur refraktsion ambliopiya deb nomlanadi.
  • Аnizometropik ambliopiya – ikki koʼzning koʼrish oʼtkirligi orasidagi farq 3 dioptriydan ortiq boʼlishi.
  • Obskuratsion ambliopiya – bir koʼzning koʼrishiga xalaqit beradigan kasalliklar. Bularga katarakta, travmadan keyingi chandiq, oftalьmoplegiya (koʼz xarakatlantiruvchi mushak shikastlanishi), mioz (koʼz qorachigʼini torayishi) va ptoz (yuqori qovoqning tushib qolishi) kiradi.
  • Isterik ambliopiya – yagona qaytishi mumkin boʼlgan ambliopiya turi. Bu kuchli emotsional xolatda roʼy beradi.

2023 08 15 17 39 31

Belgilari:

  • Koʼp xolatlarda inson bunday kasallik borligini bilmaydi. Baʼzan ikkala koʼzi xar xil koʼrishini bexosdan sezib qoladi.
  • Bemorlar notanish va noodatiy joylarda orientatsiya olishga qiynaladi. Shuning uchun turli narsalarga urilib ketadi, qoqilib ketadi yoki yiqiladi.
  • Televizor koʼrish va kitob oʼqishda bir koʼzini yaʼni bemor koʼzini yumib oladi.
  • Bolalar biror qiziqtirgan narsaga qaraganda butun tanasi bilan yoki boshi bilan burilib qaraydi.
  • Kitob oʼqish, tikish yoki toʼqish kabi koʼzga yuk tushadigan ishlar bajarsa, tezda boshi ogʼriydi va charchaydi.
BIZNING OFTALMOLOGLAR
Menyu