mini Логотип клиники DMC

G’ilaylikni tashxislash

2023 08 15 18 22 28G’ilaylikda sinovlar o’tkazish bilan keng ko’lamli oftalmologik tekshirishlar, biometrik tekshiruvlar, ko’z tuzilmalarini tekshirish, refraktsiyani o’rganish kerak bo’ladi.

Anamnezni yig’ishda g’ilaylik yuzaga kelgan vaqt va uning boshdan o’tkazilgan kasalliklar va jarohatlar bilan bog’liqigi aniqlanadi. Tashqi ko’rik vaqtida boshning majburiy holati (paralitik g’ilaylikda), yuz va ko’z chuqurlarining simmetriyasi, ko’z olmalarining joylashuvi (enoftalm, ekzoftalm) baholanadi.

Shundan so’ng ko’rish o’tkirligi tuzatishsiz va sinov linzalaridan foydalanilgan holda tekshiriladi. Skiaskopiya va kompyuterli refraktometriya yordamida optimal korrektsiyani aniqlash uchun klinik refraktsiya tekshiriladi. Agar sikoplegiya fonida g’ilaylik yo’qolsa yoki kamaysa, bu patologiyaning akkomodatsion xarakterli ekanligini ko’rsatadi. Ko’zning old qismlari, shaffof muhit va ko’z tubi biomikroskopiya, oftalmoskopiya yordamida tekshiriladi.

Binokulyar ko’rishni tekshirish uchun ko’zni yopish bilan sinov o’tkaziladi: g’ilay ko’z bunda yon tomonga og’adi; sinoptofor apparat yordamida fuzion qobiliyat (tasvirlarni birlashtira olish qobiliyati) baholanadi. G’ilaylik burchagi o’lchovi (g’ilay ko’z og’ishi kattaligi), konvergentsiyani o’rganish, akkomodatsiya hajmini aniqlash amalga oshiriladi.

Paralitik g’ilaylik aniqlanganda, nevropatolog bilan maslahatlashuv va qo’shimcha nevrologik tekshiruv (elektromiografiya, elektroanurografiya, chaqirilgan potensiallar, EEG va boshqalar) ko’rsatiladi.

G’ilaylikni davolash

Hamdo’st g’ilaylikda davolashning asosiy maqsadi – binokulyar ko’rishni tiklash, bunda ko’zning assimetriyasi bartaraf etiladi va ko’rish funktsiyalari normallashtiriladi. Chora-tadbirlar optik tuzatish, pleoptik-ortoptik davolash, g’ilaylikni jarrohlik yordamida tuzatish, pre- va postoperativ ortoptoptodiplotik davolashni o’z ichiga olishi mumkin.

G’ilaylikni optik tuzatish jarayonida ko’z nurini tiklash, shuningdek, akkomodatsiya va konvergentsiya nisbatlarini me’yorlashtirish ko’zlanadi. Bunday maqsadda ko’zoynaklar yoki kontakt linzalar tanlanadi. Akkomodatsion g’ilaylikda bu geterotropiyani bartaraf etish va binokulyar ko’rishni tiklash uchun yetarli bo’ladi. Ayni paytda, ametropiyani ko’zoynakli yoki kontaktli tuzatish har qanday shakli uchun zarur.

Pleoptik davolash ambliopiyada g’ilay ko’zning ko’ruv yukini oshirish uchun ko’rsatiladi. Bunday maqsadda fiksatsiyalovchi ko’z okklyuziyasi, penalizatsiya ishlatilishi, ambliopik ko’zni apparatli stimulyatsiya qilish (Ambliokor, Ambliopanorama , dasturiy-kompyuterli davolash, akkomodatsiyani shug’ullantirish, elektrookulostimulyatsiya, lazerstimulyatsiya, magnitostimulyatsiya, fotostimulyatsiya, vakuumli oftalmologik massaj) qo’llanilishi mumkin. G’ilaylikni davolashning ortoptik bosqichi ikkala ko’zning muvofiqlashgan binokulyar faoliyatini tiklashga qaratilgan bo’ladi. Buning uchun sinoptik apparatlar (Sinoptofor), kompyuter dasturlari qo’llaniladi.

G’ilaylikni davolashining yakuniy bosqichida diploptik davolash amalga oshiriladi, u tabiiy sharoitilarda binokulyar ko’rishni ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’ladi (Bagolini linzalari, prizmalar bilan mashq qilish); ko’zning harakatlanishini yaxshilash uchun gimnastika, konvergentstrenerda mashg’ulotlar buyuriladi.

Konservativ davolashning ta’siri 1-1,5 yil davomida kuzatilmasa, g’ilaylikni xirurgik yo’l bilan bilan davolash mumkin. G’ilaylikni operatsiya yordamida tuzatishni 3-5 yoshda amalga oshirish optimal hisoblanadi. Oftalmologiyada g’ilaylik burchagini kamaytirish yoki bartaraf etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. G’ilaylikni tuzatish uchun ikkita operatsiya turi qo’llaniladi: ko’zni harakatlantiruvchi mushaklar vazifasini zaiflashtiruvchi va kuchaytiruvchi. Mushaklar nazoratini zaiflashtirish mushaklarning ko’chirib o’tkazish  (retsessiya) yoki payni kesish yo’li bilan, mushakning ta’sirini kuchaytirish esa rezektsiya (qisqartirish) yo’li bilan amalga oshiriladi.

G’ilaylikni tuzatish operatsiyasidan oldin va keyin qoldiq deviatsiyani bartaraf etish uchun ortoptik va diploptik davolash ko’rsatiladi. G’ilaylikni jarrohlik yordamida tuzatishning muvaffaqiyati 80-90% ni tashkil qiladi. Jarrohlik aralashuvining asoratlari giperkorrektsiya va g’ilaylikni yetarli darajada tezatmaslik bo’lishi mumkim; kamdan-kam hollarda – infektsiya, qon ketish, ko’rish qobiliyatini yo’qotish.

G’ilaylik davosi mezonlari ko’zlar joylashuvining simmetriyasi, binokulyar ko’rishning barqarorligi va yuqori ko’rish o’tkirligidir.

Hozirda g’ilaylikni botoks bilan davolash sinalmoqda.

Prognoz va shikastlanishning oldini olish

G’ilaylikni davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak, shunda bola maktabga borishni boshlagunigacha ko’rish funktsiyalari yetarli darajada tiklanadi. Deyarli barcha hollarda g’ilaylik doimiy, izchil va uzoq muddatli kompleks davolanishni talab qiladi. G’ilaylikni tuzatishni kech boshlash yoki tuzatishning noto’g’ri bo’lishi ko’rishning qaytarib bo’lmas yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Hamdo’st akkomodatsion g’ilaylik eng muvaffaqqiyatli tuzatiladi; kech aniqlangan paralitik g’ilaylikda to’laqonli ko’rish funktsiyasini tiklash prognozi salbiy.

G’ilaylikni oldini olish uchun bolalarni oftalmolog tomonidan muntazam tekshirilib turishi, ametropiyalarni o’z vaqtida optik tuzatish, ko’rish gigienasi talablariga rioya qilish, ko’ruv zo’riqishini cheklash kerak. Har qanday ko’z kasalliklari, infektsiyalarni erta aniqlash va davolash, bosh suyagi jarohatlarini oldini olish kerak. Homiladorlik paytida homilaga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan qochish lozim.

BIZNING OFTALMOLOGLAR
Menyu