Check-up “Maktabga oz qoldi” (tekshiruv dasturi) sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- bolaning jismoniy va nevro-psixik rivojlanishini baholash;
- oftalmologik patologiya rivojlanishining dastlabki bosqichlarini o’z vaqtida aniqlash;
- ko’rish o’tkirligining pasayishiga yo’l qo’ymaslik;
- ko’rish analizatorning ishlashi uchun optimal sharoit yaratish, uning funksionalligini baholash;
- erta bosqichlarda ko’rish organi kasalliklarini aniqlash;
- optimal ko’rish qobiliyatini yaxshilashga erishish;
- turli patologiyalar (yurak-qon tomir, buyrak, endokrin, nevrologik va boshqalar) rivojlanishining dastlabki bosqichlarini o’z vaqtida aniqlash;
- profilaktika tadbirlarining individual rejasini tanlash.
____________________________________

Dastur tarkibi:
Mutaxassis maslahati:
- pediatr (barcha dasturni nazorat qilish va natijalar bo’yicha xulosani taqdim qilish);
- endokrinolog;
- nevrolog;
- stomatolog;
- psixolog (surunkali stress belgilarini aniqlash uchun), shuningdek
- oftalmologning birlamchi tekshiruvi (quyidagi tadqiqotlarni o’z ichiga oladi: ko’rish o’tkirligi, avtorefraktometriya, ko’zoynak tanlash, kontaktsiz tonometriya, biomikroskopiya, kontaktsiz ko’z tubi tekshiruvi, Amsler testi).
Tekshiruvlar:
- antropometriya (bo‘yi, vazni, qon bosimi, puls, yog‘ va mushak massasining nisbati, tana massasi indeksi);
- ko‘rish o’tkirligi (korrektsiyasiz; korrektsiya bilan)
- ko’zning kattaligi va tuzilishi, tubi;
- shox pardaning egriligi;
- ko’z ichi bosimi;
- g’ilaylik (Hirshberg bo’yicha g’ilaylik burchagi 0° dan 10° gacha);
- astigmatizm, ko’zning refraktsiyasi;
- binokulyar funktsiyalar;
- ko’rish uyg’otuvchi potentsiallar;
- rang anomaliyasining aniqlash;
- mutlaq akkomodatsiya zahiralari (D);
- nisbiy akkomodatsiya hajmi (D);
- aniq ko’rishning eng yaqin nuqtasi, sm (dptr);
- aniq ko’rishning eng uzoq nuqtasi, sm (dptr);
- mutlaq akkomodatsiya hajmi, (dptr);
- fuzion zahiralar.
Tahlillar:
- qon va siydikning umumiy tahlili (qon va siydik tarkibining miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishini aniqlash tananing umumiy holatini baholashga va o’tkir va surunkali kasalliklarning mavjudligini aniqlashga yordam beradi;
- najasni tahlil qilish (gijjalarning tuxumlari uchun);
- glyukoza (qon namunasini olish vaqtida qand darajasini ko’rsatadi);
- glyukozalangan gemoglobin (uning kontsentratsiyasi retrospektivada o‘rtacha qand miqdorini aks ettiradi – so‘nggi 3 oy ichida. Bu ko‘rsatkichlar komoleksda yuqori shakar darajasini (diabetdan oldingi) va diabetni erta bosqichda aniqlashga, shuningdek davolash samaradorligini kuzatishga yordam beradi. );
- kreatinin (mushaklarda hosil bo’lib, keyin qonga ajraladi. U mushak va boshqa to’qimalarning energiya almashinuvida ishtirok etadi. Kreatinin organizmdan buyraklar tomonidan siydik bilan chiqariladi, shuning uchun u buyraklar faoliyatining muhim ko’rsatkichidir);
- a-amilaza (qondagi a-amilaza faolligini aniqlash so‘lak bezlari (parotit) va oshqozon osti bezi (pankreatit) yallig‘lanishi diagnostikasi uchun zarurdir. Oshqozon osti bezi organizmdagi amilazaning eng katta manbai bo‘lganligi sababli, uning kasalliklari qonga fermentning katta miqdorda chiqarilishiga olib keladi);
- ishqoriy fosfataza (o’t yo’llariga ta’sir qiluvchi kasalliklarda ko’payadi, shuning uchun bu tahlil o’t yo’llarining toshlari bilan o’t yo’llarining yopilishini tasdiqlash yoki taxmin qilishga yordam beradi. Tahlil o’t yo’llariga ta’sir qiluvchi kasalliklarni tashxislash uchun, bolalarda esa kanaldagi egilishni aniqlash uchun qilinadi);
- C-reaktiv oqsil (o’tkir yuqumli kasalliklar va o’smalarni tashxislash, yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini aniqlash uchun qilinadi);
- Umumiy immunoglobulin E (IgE) allergiya diagnostikasi uchun.










