mini Логотип клиники DMC

Ota-onalar uyi – bu kichik jannat: u yerda yaxshi uxlaysiz va doim shirinliklar hidi keladi. Bu butun dunyodagi eng yaxshi joy. Keling, uni iloji boricha uzoqroq tutaylik!

Kasallik qanchalik erta aniqlansa, muvaffaqiyatli davolanish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi.

2023 05 24 08 55 58

Kim bu tekshiruvdan o’tishi kerak?

Kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan asosiy omillar:

  • Yoshi 50+;
  • Ortiqcha vazn;
  • Surunkali kasalliklar;
  • Oilada surunkali kasalliklar (shu jumladan onkologiya) holatlari;
  • Chekish.

Check-up «Ota-onalar salomatligi» (tekshiruv dasturi) quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

  • jismoniy va nevro-psixik holatini baholash;
  • turli patologiyalarning paydo bo’lishi yoki rivojlanishini aniqlash (ko’z, yurak-qon tomir, buyrak, endokrin, nevrologik va boshqalar);
  • darmonsizlik, doimiy charchash sababini aniqlash;
  • ko’rish organi kasalliklarini aniqlash va optimal ko’rish qobiliyatini yaxshilashga erishish;
  • profilaktika tadbirlarining individual rejasini tanlash.

___________________________________________

2023 05 24 09 05 29 2

Dastur tarkibi:

Asosiy va tor mutaxassislarning maslahatlari:

  • terapevt (birlamchi va ikkilamchi tekshiruv, maslahat va natijalar bo’yicha xulosani taqdim qilish);
  • kardiolog;
  • endokrinolog;
  • stomatolog;
  • nevropatolog;
  • somnolog (uyqu jarayoni va uning patologiyasining inson salomatligiga ta’sirini o’rganadi);
  • kinezyoterapist, shuningdek
  • oftalmologning birlamchi tekshiruvi (quyidagi tadqiqotlarni o’z ichiga oladi: ko’rish o’tkirligi, avtorefraktometriya, ko’zoynak tanlash, kontaktsiz tonometriya, biomikroskopiya, kontaktsiz ko’z tubi tekshiruvi, Amsler testi).

Ichki organlarning holatini kuzatish:

  • MSKT
  • tos a’zolarining ultratovush tekshiruvi;
  • Sut bezlari ultratovush tekshiruvi (ayollar uchun);
  • Qorin bo’shlig’i organlari + buyraklarning ultratovush tekshiruvi;
  • EKG;
  • Echo-KG;
  • bosh va bo’yin tomirlarining UTDG;
  • qo’l-oyoqlar tomirlarining UTDG;

Salomatlikning asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarur bo’lgan tahlillar:

  • qon va siydikni umumiy tahlili;
  • biokimyoviy qon tekshiruvi (glyukoza, glikozillangan gemoglobin, insulin);
  • umumiy xolesterin;
  • PZLP (past zichlikdagi lipoproteinlar);
  • YZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar);
  • aterogenlik koeffitsienti;
  • ishqoriy fosfataza;
  • GGTP (gamma glutamiltranspeptitaza);
  • natriy va kaliy elektrolitlari;
  • triglitseridlar;
  • AST (aspartataminotransferaza);
  • ALT (alaninaminotransferaza);
  • kreatinin;
  • karbamid;
  • siydik kislotasi;
  • umumiy oqsil;
  • albumin;
  • umumiy bilirubin;
  • C-reaktiv oqsil;
  • koagulogramma;
  • gormonal tadqiqot (Vitamin D3, T4 – erkin tiroksin, TTG – tireotrop gormoni);
  • ayol saraton markerlari (CA-125 (tuxumdon saratoni), CA-15-3 (ko’krak bezi saratoni), CEA (ichak saratoni));
  • Erkaklar saraton markerlari (PSA erkin va umumiy).

Dastur narxi – 4 680 000

BIZNING OFTALMOLOGLAR
Menyu