Check-up «Sog’lom bola» (tekshiruv dasturi) quyidagilarga imkon beradi:

- bolaning jismoniy va nevro-psixik rivojlanishini baholash;
- umumiy patologiya (kamqonlik, surunkali kolit, gastrit, buqoq va boshqalar) rivojlanishining dastlabki bosqichlarini o’z vaqtida aniqlash;
- o’smirlarda jinsiy rivojlanish buzilishlarini aniqlash;
- oftalmologik patologiya rivojlanishining dastlabki bosqichlarini tezda aniqlash;
- darmonsizlik, doimiy charchoqlik sababini aniqlash;
- ko’rish o’tkirligining pasayishiga yo’l qo’ymaslik;
- ko’rish analizatorning ishlashi uchun optimal sharoit yaratish, uning funksionalligini baholash;
- erta bosqichlarda ko’rish organi kasalliklarini aniqlash;
- optimal ko’rish qobiliyatini yaxshilashga erishish;
- turli patologiyalar (yurak-qon tomir, buyrak, endokrin, nevrologik va boshqalar) rivojlanishining dastlabki bosqichlarini o’z vaqtida aniqlash;
- profilaktika tadbirlarining individual rejasini tanlash.
_______________________________________

Dastur tarkibi:
Mutaxassis maslahati:
- pediatr (barcha dasturni nazorat qilish va natijalar bo’yicha xulosani taqdim qilish);
- endokrinolog;
- nevrolog;
- tish shifokori va
- oftalmologning birlamchi tekshiruvi (quyidagi tadqiqotlarni o’z ichiga oladi: ko’rish o’tkirligi, avtorefraktometriya, ko’zoynak tanlash, kontaktsiz tonometriya, biomikroskopiya, kontaktsiz ko’z tubi tekshiruvi, Amsler testi).
Tekshiruvlar:
- antropometriya (bo‘yi, vazni, qon bosimi, puls, yog‘ va mushak massasining nisbati, tana massasi indeksi);
- ko‘rish o’tkirligi (korrektsiyasiz; korrektsiya bilan)
- ko’zning kattaligi va tuzilishi;
- shox pardaning egriligi;
- ko’z ichi bosimi;
- g’ilaylik, astigmatizm, ko’zning refraktsiyasi, binokulyar funktsiyalar.
Tahlillar:
- qon va siydikning umumiy tahlili (qon va siydik tarkibining miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishini aniqlash tananing umumiy holatini baholashga va o’tkir va surunkali kasalliklarning mavjudligini aniqlashga yordam beradi;
- najasni tahlil qilish (gijjalarning tuxumlari uchun);
- glyukoza (qon namunasini olish vaqtida qand darajasini ko’rsatadi);
- glyukozalangan gemoglobin (uning kontsentratsiyasi retrospektivada o‘rtacha qand miqdorini aks ettiradi – so‘nggi 3 oy ichida. Bu ko‘rsatkichlar komoleksda yuqori shakar darajasini (diabetdan oldingi) va diabetni erta bosqichda aniqlashga, shuningdek davolash samaradorligini kuzatishga yordam beradi);
- kreatinin (mushaklarda hosil bo’lib, keyin qonga ajraladi. U mushak va boshqa to’qimalarning energiya almashinuvida ishtirok etadi. Kreatinin organizmdan buyraklar tomonidan siydik bilan chiqariladi, shuning uchun u buyraklar faoliyatining muhim ko’rsatkichidir);
- a-amilaza (qondagi a-amilaza faolligini aniqlash so‘lak bezlari (parotit) va oshqozon osti bezi (pankreatit) yallig‘lanishi diagnostikasi uchun zarurdir. Oshqozon osti bezi organizmdagi amilazaning eng katta manbai bo‘lganligi sababli, uning kasalliklari qonga fermentning katta miqdorda chiqarilishiga olib keladi);
- ishqoriy fosfataza (o’t yo’llariga ta’sir qiluvchi kasalliklarda ko’payadi, shuning uchun bu tahlil o’t yo’llarining toshlari bilan o’t yo’llarining yopilishini tasdiqlash yoki taxmin qilishga yordam beradi. Tahlil o’t yo’llariga ta’sir qiluvchi kasalliklarni tashxislash uchun, bolalarda esa kanaldagi egilishni aniqlash uchun qilinadi);
- C-reaktiv oqsil (o’tkir yuqumli kasalliklar va o’smalarni tashxislash, yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini aniqlash uchun qilinadi);
- Umumiy immunoglobulin E (IgE) allergiya diagnostikasi uchun;
- Qalqonsimon bez gormonlari erkin tiroksin T4, tireotropik TTG gormoni va tireoid peroksidazaga AT-TPO antitanachalar (inson organizmida energiya hosil bo‘lishini nazorat qiluvchi eng muhim o‘sish gormonlari, yog‘lar va oqsillar almashinuvi uchun javob beradi. Bundan tashqari, TTG qalqonsimon bezga yod oqimini tartibga soladi va lipolizni kuchaytiradi (yog’larning yog’ kislotalariga bo’linishi).
AT-TPO – bu immunitet tizimining o’z tanasiga nisbatan tajovuzkorligining ko’rsatkichi, shuningdek, qalqonsimon bezning autoimmun kasalliklarini aniqlash uchun eng sezgir test).
Asbob-uskunali diagnostika:
- EKG elektrokardiografiya (EKG paytida yurakda paydo bo’ladigan elektr impulslari qayd etiladi. Bu ma’lumot maxsus qog’ozga maxsus qirrali grafik ko’rinishida yoziladi. Unga qarab, pediatr quyidagilarni tushunishi mumkin: yurak urishi tezligi va yurak ritmi normal darajada ekanligi yoki yoqmi; yurak kislorod ochligini boshdan kechirayotganini ko’rsatadigan o’zgarishlar bormi, ya’ni uning qon ta’minoti yetarli yoki yetarli emasmi; yurakning ayrim qismlarida gipertrofiya (qalinlashuv) mavjudmi yoki yoqmi);
- Qorin bo’shlig’i organlari va buyraklarning ultratovush tekshiruvi (real vaqtda qorin bo’shlig’i organlarining holati haqida ma’lumot ko’rsatadi: hajmi, tuzilishi, konturlari, oshqozon osti bezi, o’t pufagi, taloq va jigarning joylashishi)
- Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi (qalqonsimon bezning konturlari va tuzilishi, o’smalar va kistalar mavjudligi batafsil ko’rsatiladi. Ushbu tadqiqot autoimmun tiroidit, diffuz toksik buqoq, qalqonsimon bez o’smalari va boshqa patologiyalarni aniqlash imkonini beradi) .










