Yassi oyoqlikni davolash

Dolzarbligi. Bugungi kunda yassi oyoqlik – tayanch harakat tizimining eng keng tarqalgan deformatsiyalaridan biridir. Bundan tashqari, yassi oyoqlikning 90 foizi orttirilgan va atigi 5% – tug’ma nuqsonlar egallaydi.Oyoqning holati butun organizmning umumiy holatini aks ettiradi. Shuning uchun u zaiflashgan va kamharakatligi natijasida ko’p kasal bo’ladiganlarda kuzatiladi. Oyoq mushaklarining harakati va zaifligi tufayli yassi oyoqlik rivojlanadi!

Elektromiogramma bo’yicha qaytar biologik a’loqa(QBA) usuli so’nggi yillarda tibbiy reabilitatsiya qilishda keng tarqalgan bo’lib, yangi imkoniyatlarni ochib berdi va mushaklarning funksional holatini hissiy ahamiyatli to’lqinlarning teskari a’loqasi (nurli, ovozli, o’yinli) yordamida doimiy nazorat, tayanch harakat tizimini to’g’irlash samaradorligini sezilarli ko’tardi

Dasturning maqsadi:

6 yoshdan oshgan bolalarda, o’spirinlar va kattalardagi yassi oyoqlikni va har qanday kelib chiquvchi tovonning yassi-valgusli deformatsiyalarni to’g’irlash. Oyoq gumbazini shakllantirish. Oyoq bo’g’inlari va umurtqa pog’onasi kassalliklari oldini olish.

Davolash turlari:

  1. Elektromiografik bioboshqaruv – QBA terapiya .
  2. Fizioterapiya – HiToP – Yuqori tonli terapiya (Germaniya), Ultratovush terapiyasi (Niderlandiya).
  3. Terapevtik gimnastika
  4. Massaj
  5. Ortopedik tuzatish

Dasturning samaradorligi:

  • tizza mushaklarini mustahkamlash;
  • mushaklar sezuvchanligini tiklash;
  • tovon gumbazini ushlab turuvchi mushaklarni qisqaruvchanligi va kuchini oshirish;
  • yurish, yugurish, sakrashda oyoqda og’riq va charchoqni kamaytirish;
  • yurish paytida oyoqni to’g’ri bosishni o’rganish;
  • yurish kamchiliklarini tuzatish;
  • yurishning to’g’ri stereotipini shakllantirish.

Terapevtik dasturning davomiyligi – 25 kun

Tekshiruv va davolash rejasi individual ravishda shifokor tomonidan tuziladi, o’zgarishlar va to’g’irlashlar bo’lishi mumkin. Turli yoshdagi bolalarda yassi oyoqlikni davolashda yangi elektromiografik bioboshqaruv usulini qo’llash, davolash muddatini 4 marotaba kamaytirishga va davolanish samaradorligini 2-3 marta oshirishga imkon beradi!

KOMPYUTER BIOFEEDBACK MARKAZI MUTAXASSISLARI
Menyu