mini Логотип клиники DMC

ANEMIYANI DAVOLASH

Uy muhitidagi yordam

Bolaga temir moddasi mavjud mahsulotlarni bering. Bu — baliq, potroxa, tuxum sarig‘i. To‘q yashil bargli sabzavotlar va yong‘oq ham temir moddasiga boydir.
C vitamining qabuli ham temir moddasining yaxshi so‘rilishiga sabab bo‘ladi.

Anemiyani davolash

5dac8b19hamilelikteanemia

Agar bolangizda anemiya mavjud deb hisoblansangiz uni albatta vrach nazoratidan o‘tkazing. Faqat qon taxlili yordamida anemiya boshqa kasallik simptomimi yoki uning bir turimi — buni aniq holda vrach yordamida bilib olasiz.
Bolaga turli xil oziq-ovqatni taklif eting. U temir moddasiga boy bo‘lsin: go‘sht, tuxum, boshoqli non, suli yormasi, sabzavotlar, mevalar bering. Chunki bir xil tusdagi mahsulot va taomlar ham bola organizmida temir moddasining tanqisligiga olib kelishi mumkin. Ovqatdan so‘ng tortiq etiladigan C vitaminiga boy turli mevali soklar temirning yaxshi so‘rilishiga olib keladi.
Anemiyani maxsus parhezga amal qilgan holda davolay olmaysiz. Shu sababli vrach temir moddasi mavjud dori vositalarini yozib beradi. Ularni iloji bo‘lsa ertalab nahorga bersangiz, ta’sir etish kuchini oshiradi. Yomon hazm etish yoki temir moddasining yetarli darajada ichaklarda so‘rilmaslik holatlarida preparat inyeksiya ko‘rinishida belgilanadi.
Barcha dori vositalari singari ushbu dorilar ham bola qo‘li etmaydigan joyda saqlanishi lozim. Katta hajmdagi temir moddasining qabuli bola organizmining zaharlanishiga olib keladi. Ushbu dori-darmonlardan bola axlatining rangi to‘q tusga ega bo‘ladi.

 

Diqqat! Yuqorida keltirilgan dori preparatlari faqatgina tanishish maqsadida keltirib o‘tilgan. Sizda kasallik belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingiz zarur!

BIZNING PEDIATR
Menyu