Anginani davolashda antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi dori-vositalar va mahalliy antiseptiklardan foydalaniladi.

O‘tkir anginalar o‘z vaqtida davolanmasa, surunkali tanzillit formasiga o‘tishi kuzatiladi. Agarda yil davomida ikki uch marotaba va undan ortiq qaytalanish kuzatilsa, operativ yo‘l bilan davolanish tavsiya etiladi. Kasallikning oldini olish uchun bemor organizmini mustahkamlash va shu bilan har xil noxush tassurotlarga, sovqotish, charchash, infeksiya va hokozolarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshirish kerak.
Ovqatlanish, uxlash, o‘qish yoki ishlash, dam olish rejimiga rioya qilish, gigiyenik sharoitlar, chiniqish katta ahamiyatga ega. Mahalliy chiniqtirish muolajalariga tomoqni iliq suv bilan chayqash kiradi, suv haroratini asta-sekin 15-18 gradusgacha tushiriladi. Suvga soda yoki furatsillin qo‘shish mumkin, so‘ngra oyoq vannasi dastlab 36-37 gradusli suv olinadi, so‘ngra 22-23 gradusgacha tushiriladi, buni yil bo‘yi kun ora o‘tkazish tavsiya etiladi.
Diqqat! Yuqorida keltirilgan dori preparatlari faqatgina tanishish maqsadida keltirib o‘tilgan. Sizda kasallik belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingiz zarur!


