Pnevmoniyani davolash
Ko’pgina hollarda pnevmoniyani davolash mumkin, ammo uni kechiktirmaslik va o’z vaqtida shifokor bilan maslahatlashish muhimdir
Pnevmoniyani davolash uchun odatda bir nechta dorilar buyuriladi:
- Antibiotiklar — ular shifokor tomonidan pnevmoniya va kasallikni qo’zg’atuvchiga qarab belgilanadi;
- Haroratni tushuruvchi dorilar — yuqori haroratda;
- Balg’am ko’chiradigan dorilar — ular balg’amni suyultirish uchun kerak;
- Zaharlanishga qarshi dorilar — ular tanadan toksinlarni olib tashlash uchun, og’ir pnevmoniyada buyuriladi;
- Glyukokortikoidlar — toksik shok rivojlanishida zarur bo’lgan steroid gormonlardir.
Agar bemorda nafas yetishmovchiligi rivojlansa, kislorodli terapiya qo’shimcha ravishda buyuriladi. Ong va hayotiy organlarning ishi buzilgan pnevmoniyaning og’ir davrida o’pkaning sun’iy shamollatilishi zarur bo’ladi.
Ba’zi hollarda, pnevmoniyada yiringli asoratlar paydo bo’lganda, davolash jarrohlik yo’li bilan amalga oshiriladi.
Reabilitatsiya davrida immunomodulyatorlar va fizioterapiya mashqlari buyurilishi mumkin.
Pnevmoniyaning oldini olish
Kattalardagi pnevmoniyani oldini olishning eng ishonchli usuli — emlash. Grippga qarshi o’z vaqtida emlash kerak. Chunki pnevmoniya ko’pincha grippning asoratidir.
Qolgan profilaktika tadbirlari gigiena va sog’lom turmush tarziga o’tkaziladi:
- Chiniqish, immunitetni mustahkamlash;
- Sovuq mavsumda qalinroq kiyinish;
- Xonalarni tez-tez ventilyatsiya qilish, nam tozalashni amalga oshirish;
- Shamollashni va grippni o’z vaqtida davolash;
- Yomon odatlardan voz kechish — chekish pnevmoniyani qo’zg’atishi ham mumkin, alkogol esa immunitetni pasaytiradi.
Diqqat! Yuqorida keltirilgan dori preparatlari faqatgina tanishish maqsadida keltirib o‘tilgan. Sizda kasallik belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingiz zarur!


